Ko‘pgina poliz ekinlari va mevalar tarkibida o‘g‘itlardan olinadigan nitrat birikmalari mavjud. Kam miqdorda ular xavfsiz, lekin me’yordan oshib ketsa, sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin: oshqozon-ichak tizimida muammolar keltirib chiqarishi, qonda kislorod miqdorini kamaytirishi va jigarni ortiqcha og‘irlashtirishi mumkin.
Ayniqsa, bolalar mahsulotlari, shifoxonalar va bozorlarda nitratlarni nazorat qilish zarur. Tekshiruv - bu sog‘lig‘imiz haqida qayg‘urish.
Bu borada boshqarmamizning hududiy bo‘limlari tomonidan bozorlarda sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi nitrat miqdorini tekshirish va aholi o‘rtasida nitratdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha nazorat ishlari tashkil etilmoqda.
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses