Sifati kafolatlanmagan yoki sanitariya talablariga javob bermaydigan mahsulotlar sog‘liq uchun xavf tug‘diradi. Mutaxassislar ogohlantirish va nazorat tadbirlarini olib bormoqda, qoidabuzarlik aniqlansa mahsulotlar yo‘q qilinadi.
Fuqarolarga murojaat: mahsulotning tashqi ko‘rinishi, saqlash sharoiti va yorligiga e’tibor bering. Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi talablari bo‘yicha tayyor mahsulotda qog‘oz yoki elektron yorliq bo‘lishi shart. Yorlig‘i yo‘q, ya’ni qo‘lbola tayyorlangan mahsulotni sotib olish tavsiya etilmaydi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses