📅5-noyabr kuni Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan “Xavfsiz va sog‘lom kelajak uchun barqaror suv ta’minoti va sanitariya tizimlari” mavzusidagi yuqori darajadagi segmentda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakili Olga Pavlovna Mirshina ishtirok etdi.
🌍Tadbir doirasida Protokolning ikki yangi ishtirokchisi tantanali ravishda kutib olindi, ular orasida — O‘zbekiston ham bor!
🤝Segment ishida xalqaro tashkilotlar yetakchilari va mas’ul xodimlari qatnashdi. Jumladan Protokol taraflari yig‘ilishi raisi Marta Varga, Vengriya ichki ishlar vaziri Shandor Pinter, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchan, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge hamda Yevrokomissar Oliver Varhei va boshqalar ishtirok etdi.
💧Ishtirokchilar suv, sanitariya va sog‘liqni saqlash sohasidagi 20-yillik hamkorlik natijalarini muhokama qilib, suv bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olishda sog‘liqni saqlash tizimining rolini mustahkamlash bo‘yicha tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
📈
Uchrashuv natijalari milliy majburiyatlarni amalga oshirish va keyingi xalqaro tadbirlarni rejalashtirishda hisobga olinadi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati