Yangiliklar

2026-09-11

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 2026-yil 14-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari va asosiy vazifalari belgilab berilgani, shuningdek, uning davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va faoliyatining huquqiy asoslari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida yangi qonunchilik hujjatining asosiy normalari xodimlarga batafsil tushuntirilib, uning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xodimlarning qonunchilikdagi yangiliklarni muntazam o‘rganib borishi, huquqiy savodxonligini oshirishi hamda o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishi muhimligi ta’kidlandi.