Yangiliklar

2025-10-17

O‘zbek tili bayramiga!

topics-img

Boshqarmamizda muhim sana - O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu bayram o‘zbek tilining boyligi, tarixi va madaniy ahamiyatini eslatib turadi.

📅 1989-yil 21-oktyabrda "O‘zbek tiliga O‘zbekiston Respublikasining davlat tili maqomini berish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu voqea milliy o‘zligimizni mustahkamlash va mamlakatimiz madaniy merosini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Uchrashuv ishtirokchilari tilning an’analar va ma’naviy qadriyatlarni asrashning muhim vositasi sifatidagi ahamiyati, ona tilini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish zarurati haqida so‘z yuritdi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses