Yangiliklar

2026-06-24

Ovqatdan zaharlanishning oldini olish masalalari muhokama qilindi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida yoz mavsumida aholi orasida uchrashi mumkin bo‘lgan ovqatdan zaharlanish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, xavf omillari hamda oldini olish bo‘yicha tavsiyalar muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va iste’mol qilishda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹 Bu kabi profilaktik tadbirlar orqali aholi salomatligini muhofaza qilish va favqulodda holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.