Yangiliklar

2026-08-20

“Orol bolalari” oromgohida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi

topics-img

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining dezinfeksiya tadbirlari bo‘limi xodimlari tomonidan “Orol bolalari” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida oromgoh hududidagi bolalar salomatligi uchun muhim bo‘lgan joylarda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq dezinfeksiya ishlari olib borilib, turli yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar ko‘rildi.

Bunday tadbirlar bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.