Yangiliklar

2026-05-15

“Oq kabutar” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida sanitariya nazorati va dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi

topics-img

Sanepidqoʻm Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan “Oq kabutar” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida yozgi mavsumga tayyorgarlik doirasida sanitariya-gigiyena holati oʻrganilib, profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida oromgoh hududi, oshxona, yotoqxona, ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda bolalar salomatligi uchun muhim boʻlgan obyektlarning holati koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sogʻlom va xavfsiz muhit yaratish maqsadida dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilib, masʼullarga sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bolalarning xavfsiz va sogʻlom dam olishini taʼminlash yoʻlida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.