Yangiliklar

2026-07-21

Ohak ishlab chiqarish korxonasida laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi

topics-img

Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan “COALS KS” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish korxonasida shartnoma asosida laboratoriya va instrumental tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida ishlab chiqarish jarayonining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish muhiti laboratoriya va instrumental usullar yordamida baholandi.

Mazkur tadbirlar korxonada sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, xodimlar salomatligini muhofaza qilish va ishlab chiqarish jarayonlari ustidan samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda olib boriladi.