Uyda konserva tayyorlash mavsumi boshlanishi bilan ovqat xavfsizligi qoidalarini unutmaslik kerak.
Botulizm - xavfli infeksion-toksik kasallik bo‘lib, noto‘g‘ri tayyorlangan yoki noto‘g‘ri saqlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilganda yuzaga keladi.
Kasallikning oldini olish uchun:
- qopqog‘i shishib ketgan yoki tarkibi loyqalangan konservalarni ishlatmang;
- uyda konservalashda sterilizatsiya qoidalariga qat’iy rioya qiling;
- konservalarni salqin va quruq joyda saqlang;
- holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi paydo bo‘lganda darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.
Botulizm profilaktikasi haqidagi videorolikni ko‘ring va yaqinlaringizga tanishtiring.
videoni ko'rish uchun:
https://youtu.be/vSPkGOirAP4
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses