Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi
Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa qiyshayishiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
🔴Maktab sumkasining og‘irligi o‘quvchining yoshi, sinf xususiyati va maktabning o‘ziga xos talablariga qarab farqlanadi.
📌Ammo, odatda, maktab sumkasining og‘irligi o‘quvchi vaznining 10-15% dan oshmasligi tavsiya etiladi. Masalan, agar o‘quvchi 40-45 kg vaznga ega bo‘lsa, uning sumkasining og‘irligi 4-6 kg atrofida bo‘lishi kerak.