🧪 Ochiq suv havzalarini o‘rganish ishlari va laboratoriya tahlillari nimaga o‘tkaziladi?
Tog‘, daryo, ariq, ko‘l va boshqa ochiq suv manbalaridan olingan suv namunalarini tahlil qilish — atrof-muhit holatini nazorat qilish va aholi salomatligini himoya qilishning muhim qismidir.
🔍 Suv namunalarining laboratoriya tekshiruvi orqali quyidagilar aniqlanadi:
▪️ Suvda zararli mikroorganizmlar mavjudligi
▪️ Kimyoviy moddalar va og‘ir metallarning me’yordan ortiq miqdori
▪️ Ichimlik, maishiy yoki sug‘orish uchun yaroqlilik darajasi
✅ Bu tadbirlar suv bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, ekotizim barqarorligini saqlash va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
📌 Ochiq suvlar doimiy kuzatuvda bo‘lishi — profilaktika va barqaror taraqqiyotning kafolati!
Kanalga obuna bo'lish: @qqses