Yangiliklar

2026-03-11

Nukus xalqaro aeroportida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Nukus xalqaro aeroportida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda aeroportning tibbiyot punkti, sanitariya-karantin punkti va aeroportda xizmat ko‘rsatuvchi fuqarolar bilan bevosita ishlovchi xodimlari ishtirok etdi.

Unda ishtirokchilarga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, ularning tarqalish yo‘llari, oldini olish choralari va sanitariya-epidemiologik talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida quyidagi masalalar keng tarzda tushuntirildi:

• o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning belgilari va klinik ko‘rinishlari;
• Nipax virusi qo‘zg‘atuvchi infeksiya haqida;
• xalqaro transport orqali infeksiyalarning kirib kelish xavfining oldini olish;
• sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish tartibi;
• shubhali holatlar aniqlanganda tezkor xabar berish va tegishli choralar ko‘rish mexanizmi;
• xodimlarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Shu kabi o‘quv-seminarlar xalqaro transport obyektlarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.