Yangiliklar

2025-10-27

Nukus tumanidan gapiramiz📢

topics-img

O‘tgan haftada tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan "Kerder" va "Aqmang‘it" mahallalarida qator tadbirlar o‘tkazildi.

Hovlilarni obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, mahallalarda tozalik va tartibni saqlash, aniqlangan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini epidemiologik tekshiruvdan o‘tkazish va ularni zararsizlantirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Bunday tadbirlar aholining sanitariya madaniyatini oshirish, har bir tuman aholisi uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses