Sanepid qo‘mita Nukus tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan reja asosida sanitariya monitoringi amalga oshirilmoqda.
Unda muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari, oshxona hamda yordamchi xonalarning holati o‘rganilmoqda.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini baholash maqsadida namunalar olinib, laboratoriya sinovlariga yuborilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etadi.