Nukus tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar davom etmoqda
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Nukus tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-epidemiologik tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Tekshiruvlar davomida muassasalarda sanitariya-gigiyena talablari, ovqatlanishni tashkil etish holati, ichimlik suvi ta’minoti, xonalar tozaligi hamda bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan me’yorlarga rioya etilishi o‘rganilmoqda.