Nukus shahridagi "Massaget" mehmonxonasining konferens-zalida "Jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyatlarga (FV) javob berishga tayyorgarlikni boshqarish" loyihasi doirasida o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi binosida tashkil etilayotgan favqulodda vaziyatlarga javob berishga tayyorgarlikni boshqarish markazi faoliyatiga bag‘ishlangan.
Tadbirda sohaga oid mutaxassislar ishtirok etib, tajriba almashishmoqda va FV holatlariga tezkor hamda samarali javob berish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses