Nukus shahridagi 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida profilaktik tekshiruv o‘tkazildi
Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Ata makon” MFY hududidagi 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida profilaktik tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida tarbiyalanuvchilardan gelmintoz kasalligiga qarshi profilaktik tahlillar olindi. Shuningdek, bolalar o‘yinchoqlari, yotoq joylari hamda kiyim shkaflari yuzalaridan laboratoriya tekshiruvi uchun surtmalar olinib, sanitariya-gigiyena holati nazorat qilindi.
Mazkur tadbirlar bolalar salomatligini asrash va yuqumli hamda parazitar kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.