Yangiliklar

2026-06-22

Nukus shahrida virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi bepul emlash ishlari davom etmoqda

topics-img

Nukus shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mutaxassislari tomonidan 2026-yil davomida Nukus shahri hududidagi 6 yoshli bolalar (2020-yilda tug‘ilgan) o‘rtasida virusli gepatit “A” kasalligiga qarshi bepul emlash ishlari olib borilmoqda.

Ajratilgan vaksinalar asosida shahardagi barcha oilaviy poliklinikalarda oldindan emlash tadbirlari davom etmoqda.

Farzandlar salomatligini asrash maqsadida ota-onalardan belgilangan muddatlarda oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish so‘raladi.