Yangiliklar

2025-11-05

Nukus shahrida sanitariya targ‘iboti va o‘rganish ishlari davom etmoqda

topics-img

Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, gigiyenik madaniyatini oshirish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlar amalga oshirilmoqda.

Gripp va O‘RVI mavsumida aholi va tibbiyot xodimlari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilib, to‘g‘ri gigiyena, immunitetni mustahkamlash va o‘zini o‘zi davolashning xavf-xatarlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Tibbiyot xodimlariga esa profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, bemorlar bilan ishlashda gigiyenik talablarga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ham amaliy ishlar davom etmoqda. Bozorlar va savdo shoxobchalarida mahsulot sifati, saqlash sharoiti va sanitariya me’yorlariga rioya etilishi o‘rganilmoqda. Sifatsiz va yaroqsiz mahsulotlar aniqlanib, belgilangan tartibda utilizatsiya qilinmoqda.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses