Yangiliklar

2026-03-04

Nukus shahrida quturish kasalligiga qarshi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

topics-img

Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi hamda bir qator birga ishlashuvchi tashkilotlar hamkorligida Nukus shahri “Qumbiz ovul” MFY hududida joylashgan Nukus Davlat Pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli Akademik litseyda “Odamlar va hayvonlar orasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

 

🔹 Mashg‘ulot davomida quturish kasalligining yuqish yo‘llari, oldini olish choralari hamda hayvon tishlaganda birinchi yordam ko‘rsatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

🔹 Mutaxassislar tomonidan qarovsiz hayvonlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali mashqlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

 

Mazkur tadbir aholi salomatligini muhofaza qilish va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.