Nukus shahar Sanitariya-epidemiologiyik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan bezgak kasalligini tashuvchi chivin lichinkalarining mavjudligini aniqlash hamda ularning rivojlanish bosqichini belgilash va oldini olish maqsadida "Yangi zamon" MFY hududida maxsus laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazildi.
🔬 Tekshiruvlar davomida asosan hududda joylashgan oqava suvlardan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari uchun yuborildi.
Ushbu chora-tadbirlar bezgak kasalligining oldini olish, infeksiya manbalarini o‘z vaqtida aniqlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
📌 Monitoring va profilaktik ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.