Nukus shahrida atmosfera havosi sifati laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi
Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida A. Dosnazarov va Beruniy ko‘chalari bo‘ylab hamda mazkur hududlarda joylashgan muassasalar atrofida atmosfera havosi sifatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Monitoring davomida atrof-muhitning sanitariya-gigiyena holatini baholash maqsadida atmosfera havosidagi zararli omillarni aniqlash bo‘yicha belgilangan tartibda laboratoriya va instrumental tekshiruvlar o‘tkazildi.
Mazkur monitoring ishlari aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda atmosfera havosi sifatini doimiy nazorat qilib borish maqsadida davom ettirilmoqda.