Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida belgilanmagan joylarda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotish holatlari aniqlandi.
⠀
Bunday xatti-harakatlar nafaqat sanitariya talablariga zid, balki aholi salomatligiga ham tahdid soladi, chunki saqlash va gigiyena sharoitlari ta’minlanmaydi.
⠀
Qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
⠀
Eslatib o‘tamiz, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga faqat ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda va sanitariya talablariga javob beradigan maxsus joylarda yo‘l qo‘yiladi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses