Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, "Nukus dehqon bozori" Veterinariya laboratoriyasi laboranti bilan hamkorlikda "Nukus dehqon bozori" hududidagi savdo nuqtalarida poliz mahsulotlarining nitrat tarkibi o‘rganildi.
Natijada, joylarda sotilayotgan bodring, ko‘katlar, rediska, pomidor kabi poliz mahsulotlarida nitrat tarkibi me’yordan ortiq ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses