Yangiliklar

2025-09-05

Noto‘g‘ri saqlangan ovqat o‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin

topics-img

✏️O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari – bu ichak orqali yuqadigan va ko‘pincha diareya, qayt qilish, qorin og‘rig‘i kabi belgilar bilan kechadigan infeksion kasalliklar guruhidir. Ular odatda viruslar, bakteriyalar yoki parazitlar orqali yuqadi. Bu kasalliklar ayniqsa yoz oylarida keng tarqaladi va gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda oson yuqadi.
 
🔍Asosiy sabablari:
 
🔼O‘tkir ichak infeksiyalariga quyidagi mikroorganizmlar sabab bo‘ladi:
 
🌞Bakteriyalar: Salmonella, Shigella, Escherichia coli (E. coli), Campylobacter, Vibrio cholerae (xolera).
 
❌ Viruslar: Rotavirus, Norovirus, Adenovirus.
 
〽️Parazitlar: Giardia lamblia, Entamoeba histolytica.
 
⚠️Yuqtirish yo‘llari:
 
Iflos (qaynatilmagan) suv ichish.
Yuvilmagan meva-sabzavotlarni iste’mol qilish.
Pishmagan yoki noto‘g‘ri saqlangan ovqatlar.
Kir qo‘llar orqali (shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik).
Kasal odam bilan bevosita yoki bilvosita aloqada bo‘lish.
 
📌Belgilari:
✅Tez-tez ich ketishi (suyuqlanishi).
✅Qayt qilish.
✅Qorin og‘rig‘i yoki ichakda g‘o‘ldirash.
✅Isitma.
✅Holsizlik, chanqoq.
✅Og‘ir holatlarda – qonli diareya, suvsizlanish.
  
🏥 Asoratlari:
❎ Suvsizlanish – ayniqsa bolalar va qariyalarda xavfli.
❎ Elektrolitlar muvozanati buzilishi.
❎ Og‘ir bakterial infeksiyalar sepsisga olib kelishi mumkin.
 
🛡Oldini olish choralari:
Ichimlik suvini qaynatib iste’mol qilish.
Yuvilmagan meva-sabzavotlarni iste’mol qilmaslik.
Ovqatni to‘g‘ri pishirish va saqlash.
Qo‘lni sovun bilan tez-tez yuvish. 
Jamoat joylarida gigiyenaga qat’iy rioya qilish.
 
❗️Eslatma: O‘z-o‘zini davolash xavfli bo‘lishi mumkin. Belgilar 1–2 kundan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qiling.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati