Yangiliklar

2026-07-21

Noqonuniy salqin ichimliklar va muzqaymoq savdosiga chek qo‘yildi

topics-img

Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi savdo hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanish va o‘tkir ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

Reyd davomida tegishli hujjatlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan hamda mahsulotlari sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan holda salqin ichimliklar va muzqaymoq savdosi bilan shug‘ullanayotgan 2 nafar fuqaro aniqlandi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.