Yangiliklar

2026-03-18

Navro‘z bayrami tadbirlari davomida jamoat salomatligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

topics-img

Navro‘z bayrami arafasida To‘rtko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot bayram kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar joylarida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tezkor bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.

Tadbir davomida mutaxassislarning favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash, aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xizmatlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Navro‘z bayrami tadbirlari davomida jamoat salomatligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.