To‘rtko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqarolar o‘rtasida turli kasalliklar, ayniqsa, ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, hududdagi savdo nuqtalari va bozor hududida savdogarlar va iste’molchilarga bu borada tushuntirish va tavsiyalar berildi.