Navbatdagi sanitariya ma’rifiy tadbirlari "Qusxanatov"da o‘tkazildi
Xabaringiz bor, soha xodimlari tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida xonadonma-xonadon yurilib, turli ko‘rinishdagi yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sanitariya ma’rifiy tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Shunday tadbirlarning navbatdagisi Bo‘zatov tumani "Qusxonatov" OFY hududida o‘tkazildi. Unda mutaxassislarimiz hudud aholisiga bezgak va leyshmanioz kasalligi haqida keng tushunchalar berib, eng asosiysi bu kasalliklarning oldini olish yo‘llari haqida ko‘rsatmalar berdi.