Navbatdagi profilaktik tadbirlar “Jayhun” bolalar dam olish maskanida
Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Jayhun” bolalar dam olish maskanida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida maskan xodimlariga bolalarning xavfsiz va sog‘lom dam olishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish hamda sifatli ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, dam olish maskanida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida dezinfeksiya va deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi.