Yangiliklar

2026-06-18

Navbatdagi dezinfeksiya tadbirlari “Rohat” bolalar dam olish maskanida

topics-img

Xabaringiz bor, avvalroq respublikamiz bo‘ylab barcha yozgi bolalar dam olish maskanlarida sanitariya nazorati va dezinfeksiya ishlari amalga oshirilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.

Shu kabi navbatdagi dezinfeksiya tadbirlari Beruniy tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Rohat” bolalar dam olish maskanida ham olib borildi.

Tadbir davomida hududda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish maqsadida zarur dezinfeksiya ishlari bajarildi.

Bu kabi profilaktik tadbirlar yozgi mavsum davomida izchil davom ettiriladi.