Yangiliklar

2026-03-17

Navbatdagi deratizatsiya ishlari To‘rtko‘l tumanida o‘tkazildi

topics-img

Toʻrtkoʻl tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan kemiruvchilar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida deratizatsiya ishlari olib borilmoqda.

📍 Jumladan, tumanning “Shoʻroxon” OFY hududida leyshmanioz kasalligining oldini olish maqsadida deratizatsiya ishlarining 1-bosqichi amalga oshirildi.

🔬 Mazkur tadbirlar kemiruvchilar sonini kamaytirish orqali leyshmanioz kabi yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.

✔️ Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.