📆Ko‘pchilik muzlatgich borligi tufayli ovqat uzoq vaqt xavfsiz turadi, deb o‘ylaydi. Lekin uni noto‘g‘ri saqlash sog‘liq uchun katta xavf tug‘diradi.
Asosiy oqibatlar:
➡️ Zaharlanish xavfi;
+4 °C dan yuqori haroratda bakteriyalar tez ko‘payadi. Ayniqsa, go‘sht, sut mahsulotlari va tayyor ovqatlarda;
➡️ Ichak infektsiyalari;
Noto‘g‘ri tayyorlangan taomlar bir-biriga mikrob yuqtiradi. Natijada diareya, qusish, isitma kuzatiladi;
➡️Zamburug‘ va toksinlar;
Ovqat uzoq tursa, ko‘zga ko‘rinmas zamburug‘lar paydo bo‘ladi. Bu jigar va immunitetga zarar yetkazadi.
➡️ Hid va ta’mning buzilishi;
Ochiq holdagi taomlar bir-birining hidini o‘ziga singdirib, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
‼️To‘g‘ri saqlash bo‘yicha 5 muhim qoida:
✅Taomlarni yopiq idishda saqlang;
✅Tayyor va xomashyolarni alohida qo‘ying;
✅Sovutgich haroratini +2...+4 °C da ushlab turing;
✅ 2-3 kundan ortiq saqlamang.