Muzdek ichimlik — jaziramada najotmi yoki sog‘liq uchun xavf?
Yozning issiq kunlarida chanqoqni muzdek suv, salqin ichimlik yoki muzqaymoq bilan bosish ko‘pchilik uchun odatiy hol. Ammo bunday mahsulotlarni tanlashda faqat sovuqligiga emas, sanitariya xavfsizligiga ham e’tibor berish muhim.
🧊 Ayniqsa, ichimlikka qo‘shiladigan muz qanday suvdan tayyorlangani, qayerda va qanday sharoitda saqlanayotgani muhim ahamiyatga ega.
🥤 Ko‘cha savdosida sotilayotgan sovuq ichimliklarni xarid qilayotganda esa:
▫️ mahsulotning yaroqlilik muddatiga;
▫️ qadoq butunligiga;
▫️ saqlash sharoitiga;
▫️ savdo joyining sanitariya holatiga e’tibor bering.
❗️Issiqda chanqoqni qondirish muhim, ammo sog‘liqni xavf ostiga qo‘ymasdan chanqoqni qondirish undan ham muhim!
✅ Salqinlikni tanlang, xavfsizlikni unutmang!