Mutaxassis tavsiya beradi: 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qanday ovqatlantirish kerak?
Farzandingizning sog‘lom o‘sishi va mustahkam immuniteti to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi. Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
0–6 oy – faqat ona suti tavsiya etiladi. Ona suti chaqaloq uchun eng to‘liq va foydali ozuqadir.
6 oydan boshlab – shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘shimcha ovqatlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sabzavot va meva pyuresi, bo‘tqalar oz miqdordan boshlanadi.
1–3 yosh – bolaning kunlik ratsionida go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari, donli mahsulotlar, sabzavot hamda mevalar muntazam bo‘lishi lozim.
Unutmang:
Fastfud, chips va gazlangan ichimliklarni bermang.
Tuz va shakarni me’yorida iste’mol qildiring.
Ovqatlanish gigiyenasiga qat’iy rioya qiling.
Bolaga kun davomida yetarli miqdorda toza ichimlik suvi bering.