Murojaat qanoatlantirildi
Nukus shahri "Qo‘sbuloq" MFY raisining murojaat xatiga asosan, mas’ul tashkilotlar tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi, Nukus shahar obodonlashtirish bo‘limi mutaxassislari va "Qo‘sbuloq" MFY raisining ishtirokida hududdagi ko‘chalarda daydi itlar bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida:
🔹 ko‘chalarda daydi itlarni aniqlash va ularni yo‘q qilish;
🔹 egasi bor itlarni aniqlab, ularni bog‘lab boqish zarurligi;
🔹 uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, hududda tegishli tartibda chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat ijobiy hal etildi.
✅ Aholining xavfsizligi va sanitariya osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.