Murojaat o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi
Nukus shahri “Shig'is” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kanalizatsiya oqova suvlari tomorqa hududiga chiqarilayotgani hamda buning oqibatida atrofga yoqimsiz hid tarqalayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat Nukus shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, murojaatda ko‘rsatilgan holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Natijada oqova suvlarning tomorqa hududiga chiqarilishi bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash choralari ko‘rildi.
Mutaxassislar tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.