Munosib sharoit — e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlanadi
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun xavfsiz, qulay va sanitariya talablariga javob beradigan muhit yaratish — jamiyatdagi e’tibor va g‘amxo‘rlikning muhim ko‘rinishlaridan biridir.
Shu maqsadda Sanepid qo‘mitasi Chimboy tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan erkaklar uchun mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, markazning xonalari, yordamchi maydonlari va atrof-hududi sanitariya holati bo‘yicha ko‘zdan kechirildi. Yashovchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida sanitariya talablariga muvofiqlik holati baholandi.
Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida markazda to‘liq profilaktik dezinfeksiya tadbirlari ham amalga oshirildi.
Zero, sog‘lom va xavfsiz muhit — har bir inson uchun teng huquqdir.
Bunday profilaktik tadbirlar markaz xodimlari va unda yashovchi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sog‘lom muhit — e’tibor, g‘amxo‘rlik va mas’uliyatdan boshlanadi!