Moskitlar ham “tekshiruvda”: Bozataw tumanida entomologik nazorat
Bozataw tumanining Qusaxanataw APJ hududida teri leyshmaniozining oldini olish maqsadida entomologik kuzatuvlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan kemiruvchilar inlariga yopishqoq qog‘ozlar, uy-joylarga yaqin qo‘ra va molxonalarga esa maxsus levki listlar o‘rnatilib, moskit chivinlari tutib olinmoqda.
Tutib olingan moskitlarning tur tarkibi o‘rganilib, ularning leyshmanioz kasalligini tarqatishdagi epidemiologik ahamiyati aniqlanmoqda.
Mazkur kuzatuvlar kasallik tashuvchilarini o‘z vaqtida aniqlash va leyshmanioz tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🩺 Sog‘liqni saqlash — profilaktikadan boshlanadi!