Yangiliklar

2026-06-19

Moskit chivinlariga qarshi kurash davom etmoqda

topics-img

Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan reja asosida leyshmanioz kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari hisoblangan moskit chivinlariga qarshi dezinseksiya tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha tumanning "Miynetabat" MFY hududida navbatdagi dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.