Yangiliklar

2026-05-22

Moskit chivinlariga qarshi dezinseksiya tadbirlari olib borildi

topics-img

Chimboy tumani “Baxtli” OFY hududidagi Aralbay ovul fuqarolar yig‘inida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda teri leyshmaniozi kasalligining oldini olish maqsadida moskit chivinlariga qarshi dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan aholi yashash xonadonlari, xo‘jalik binolari hamda kasallik tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga maxsus vositalar yordamida ishlov berildi.

Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, quyidagi profilaktik tavsiyalar berildi:

🔹 uy va hovli atroflarini ozoda saqlash;
🔹 eshik va derazalarga himoya to‘rlari o‘rnatish;
🔹 hasharotlardan himoyalovchi vositalardan foydalanish;
🔹 terida yara yoki shubhali belgilar kuzatilganda zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.

✅ Profilaktik tadbirlar hududlarda davom ettirilmoqda.