Shumanay tumani "Naurız" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Aholining oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishi - botulizm kasalligining oldini olishda favqulodda holatlarning oldini olish yo‘nalishida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda tegishli mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning eng og‘ir turi hisoblangan botulizm kasalligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan joyda ushbu kasallik tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, zarur sanitariya choralarini tashkil etish bo‘yicha tegishli idoralarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amaliyotda ko‘rsatib berildi.
O‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishdan asosiy maqsad, aholining oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishi bilan bog‘liq kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdir.
Shuningdek, bunday xavfli holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati muhim. Oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda ehtiyot bo‘lish, sanitariya qoidalariga rioya qilish va xavotirli vaziyatlarda maxsus mutaxassislarga murojaat qilish - o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrashning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
(Fotolavhalar o‘quv mashg‘uloti doirasida sahnalashtirilgan bo‘lib, undagi shaxslar haqiqiy bemorlar emas.)
✍️Shomanay rayonı hákimligi Málimleme xızmeti