Yangiliklar

2025-11-27

Mavsumiy kasalliklar profilaktikasida MAKTABLARDA O‘TKAZILADIGAN SUHBATLAR NIMA UCHUN MUHIM?

topics-img

Maktablarda profilaktik suhbatlar o‘tkazish - o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilishda eng muhim bosqichlardan biri. Sababi:

-  Bolalar bilimni maktabda yaxshi qabul qiladi. To‘g‘ri gigiyena, qo‘l yuvish, to‘g‘ri ovqatlanish va kasalliklardan himoyalanish qoidalari aynan maktabda osonroq o‘zlashtiriladi.
-  Kasalliklar tarqalishi kamayadi. Gripp, O‘RVI, ichak infeksiyalari kabi mavsumiy kasalliklar o‘quvchilar orasida tez tarqaladi. Suhbatlar esa erta ogohlantirish va profilaktika choralarini kuchaytiradi.
-  Maktab rahbariyati yanada hushyor bo‘ladi. O‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va sanitariya mutaxassislari birgalikda nazoratni kuchaytiradi.
-  Ota-onalarga to‘g‘ri ma’lumot boradi. O‘quvchi eshitganlarini uyida bo‘lishadi - bu esa butun oilaning xabardorligini oshiradi.

Mavsumni kasalliklarsiz o‘tkazaylik!

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses