Respublikamizning deyarli barcha tuman va Nukus shahrida mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Gripp, O‘RVI, botulizm va ovqatdan zaharlanish kabi kasalliklarning tarqalishini cheklash maqsadida seminarlar, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va iste’mol qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari va ta’lim muassasalari vakillariga kasalliklarning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini ogohlikka chorlovchi profilaktika choralari haqida ma’lumotlar yetkazilmoqda.
Maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses