Yangiliklar

2026-08-21

Maktablar yangi o'quv yiliga tayyor(mi?)

topics-img

O‘quv yili boshlanishidan oldin maktablardagi sanitariya-gigiyena holatini nazoratdan o‘tkazish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega.

🔍 Sanepid qo‘mitasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilar uchun sanitariya-epidemiologik jihatdan xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilini belgilangan sanitariya talablariga muvofiq tashkil etish maqsadida Nukus shahridagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

✅ Maktablarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi — bolalar salomatligini asrash va sifatli ta’lim olishlari uchun muhim omildir.

Sog‘lom muhit — sifatli ta’lim garovi!