Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish masalalari muhokama qilindi
Qorao‘zak tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, tibbiy xizmatni muvofiqlashtirish hamda brakeraж komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
📌 Seminar davomida sog‘lom ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va sifatini nazorat qilishda brakeraж komissiyalarining vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.