Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish — bolalar salomatligi garovi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sifatli va sog‘lom ovqatlantirish, ularning to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
📌 Seminarda:
🔹 oshxonalarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
🔹 sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish;
🔹 bolalarni belgilangan sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga muvofiq ovqatlantirish;
🔹 oziq-ovqat orqali yuqadigan yuqumli kasalliklarning oldini olish;
🔹 bolalarda sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Zero, sog‘lom ovqatlanish — bolaning sog‘lom o‘sishi, rivojlanishi va kelajagi uchun muhim omildir.