Yangiliklar

2025-11-18

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya talablari nazorati

topics-img

Chimboy tumanida MTTlarda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Tekshiruvlarda gigiyena qoidalariga amal qilish, ovqatlanish bloklarining holati va bolalar salomatligi uchun xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirilmoqda.

Talablar buzilganda mutasaddilarga tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi. Fuqarolarimizga murojaat: farzandlar tarbiyalanadigan muassasalarda tozalik va xavfsizlikka e’tibor qaratish, mavjud muammolar haqida mas’ul idoralarga xabar berish muhimdir.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses