Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari o‘rganildi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Bo‘zatov tumani hududida joylashgan 1-, 4- va 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rejali sanitariya tekshiruvi o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida sanitariya-gigiyena laboratoriyasining instrumental o‘lchovlari amalga oshirilib, mikroiqlim (harorat), yoritilganlik hamda chang ko‘rsatkichlari nazorat qilindi.
Mazkur tadbir maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini baholash hamda tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.